50 yil tajriba
1976 – yilda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida tashkil etilgan AMK Management Services GmbH & Co KG deyarli 50 yildan beri, hozirda esa ikkinchi avlod avlod vakillari tomonidan boshqarilayotgan mustaqil va ixtisoslashgan oilaviy biznesdir.
AMK Management Services o‘zining hamkor kompaniyasi Optec Group bilan birgalikda, Carl Zeiss Meditec AG, Carl Zeiss MicroImaging GmbH hamda Carl Zeiss Industrial Measurement Technology va boshqa yetakchi xalqaro sog‘liqni saqlash va ilmiy-tadqiqot kompaniyalarining Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, Armaniston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlaridagi eksklyuziv distribyutori bo‘lgan.
Optec Group 16 dan ortiq filiallari va 300 nafardan ziyod xodimlarini o‘z ichiga olgan biznes faoliyatini sotganidan so‘ng, AMK Management Services o‘z faoliyatini Carl Zeiss Meditec AG va Carl Zeiss MicroImaging GmbH kompaniyalarining eksklyuziv distribyutori sifatida Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlariga qaratdi.
Sotuv hududlaridagi xodimlar va hamkorlar bilan, hamda G‘arb dunyosidagi xalqaro yetkazib beruvchilar bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘lgan AMK o‘zini ishonchli va professional xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya sifatida muvaffaqiyatli namoyon qilgan.