Biologiya, tibbiy tadqiqotlar va laboratoriya ishlari uchun mikroskoplar
Materialshunoslik, texnologiya va ishlab chiqaish uchun mikroskoplar
Biofanlar uchun yorug’lik mikroskoplari

Biofanlar sohasida tadqiqotlar uchun to’g’ri va teskari ZEISS mikroskoplari.
Ta’lim va laboratoriyalar uchun mikroskoplar, klinik va ilmiy tadqiqotlar uchun laboratoriya mikroskoplari, biofanlar uchun zamonaviy smart mikroskopiya tizimlari.
ZEISS sizning biofanlar bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlaringiz uchun ilhom baxsh etuvchi yechimlar va xizmatlarni taklif qiladi. Sizning vazifalaringiz va tadqiqotlaringiz uchun eng mos yechimni tanlang — saraton tadqiqotlari, hujayra biologiyasi, neyrofanlar, biotexnologiya va farmatsevtika, rivojlanish biologiyasi yoki o‘simlikshunoslik sohalari bo‘yicha.
Yoki o‘zingiz demo uskunani sinab ko’ring.
Kundalik va tadqiqot laboratoriyalari uchun stereomikroskoplar
Uch o‘lchamli va aniq yon tasvirlarni oling.
Stereomikroskop yordamida barglar, to‘qimalar kabi yirik namunalarning tuzilishini yoki qo‘pol materiallar sirtini kuzatishingiz mumkin. Mikroskopingizni raqamli kameralar bilan jihozlang va yoritishning har xil uslublaridan foydalaning.
Keng ish masofasi
Katta obyekt maydonlari

Materialshunoslik uchun yorug’lik va raqamli mikroskoplar

Materialshunoslik uchun to‘g‘ri va teskari ZEISS ning keng maydonli hamda raqamli mikroskoplar
ZEISS mikroskoplari yordamida materiallarni, ayniqsa metallografik namunalarni, qisqa vaqt ichida tekshiring, ishlab chiqing va tahlil qiling.
Teskari dizaynning afzalliklaridan foydalaning. ZEISS tizimlari ZEISS optikasining yuqori sifati va avtomatlashtirilgan komponentlarni o‘zida mujassam etadi.
Ishonchlilik va qayta takrorlanuvchan natijalarga ega bo‘ling. Maxsus dasturiy modullar yordamida, masalan, metall bo‘lmagan qo‘shilmalar (NMI) va donacha o‘lchamlarini tahlil qilishingiz mumkin.
Faqat sizga hozir kerak bo‘lgan funksiyalarni tanlab investitsiya qiling.